Ko‘p narsa allaqachon kelishib olingan – Tramp Putin bilan suhbat oldidan

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan mahalliy vaqt bilan bugun, 18 mart kuni ertalab Ukrainadagi urush haqida gaplashishini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 17 mart kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

“Ertaga ertalab Prezident Putin Ukrainadagi urush haqida gaplashaman. Yakuniy kelishuvning ko‘plab elementlari bo‘yicha kelishib olindi, lekin hali ko‘p ish qilish kerak. Prezident Putin bilan gaplashishni intiqlik bilan kutaman”, deydi u.

CNN va “Associated Press” axborot agentliklarining yozishicha, Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar “hududlar” va “energetika stansiyalari”ga qaratiladi. Hisobotlarga ko‘ra, Tramp bu mavzularni “ba’zi aktivlarni bo‘lish” deb ataydi.

O‘z navbatida, “Reuters” agentligining ta’kidlashicha, Tramp va Putin o‘rtasida rejalashtirilgan muzokaralarda Rossiya kuchlari tomonidan bosib olingan Zaporije AES ustidan nazorat masalasi ham ko‘tarilishi mumkin.

Ayni paytda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, Vashington va Moskva Qora dengizdagi portlarga chiqish masalasini muhokama qilmoqda.

“Biz hammamiz bilamizki, ruslar nishonga olgan hududlar bor. U yerda yadroviy reaktor bor, u Ukrainani anchagina elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Buni tartibga solish kerak. Biz buni qila olmaymiz”, dedi Uittkoff 16 mart kuni CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Trampning maxsus vakili o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirishi uchun kelishib olinishi kerak bo‘lgan “ko‘p elementlar” borligini ta’kidladi.

Amerikaning “Semafor” nashri kecha, 17 mart kuni kechqurun muhokamalardan xabardor ikki manbaga tayanib, Tramp ma’muriyati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish bo‘yicha kelajakdagi kelishuvning bir qismi sifatida Ukraina Qrimini Rossiya hududi sifatida tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini xabar qildi.

“Oq uy BMTni ham shunday qilishga chaqirish imkoniyatini muhokama qilmoqda”, deya xabar beradi nashr manbalari.

Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, yakuniy qarorlar qabul qilinmagan va bu Tramp jamoasi Rossiya-Ukraina urushini tugatishga urinishlari doirasida ko‘rib chiqayotgan ko‘p imkoniyatlardan biridir.

Britaniyaning “The Independent” gazetasi esa 16 mart kuni Ukraina hukumatidagi yuqori lavozimli manbalarga tayanib, Ukraina rasmiylari Rossiya bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha mumkin bo‘lgan muzokaralar uchun bir qancha “qizil chiziqlar”ni aniqlaganini xabar qildi.

Nashr manbalariga ko‘ra, asosiy shartlar orasida Putin Ukrainaning to‘rtta viloyatini to‘liq egallab olish istagiga qaramay, qo‘shimcha hududiy imtiyozlardan voz kechish ham bor.

“Masalan, Zaporoje yoki Xersonning to‘liq o‘tkazilishini talab qilish aqlga sig‘maydi. Biz uchun bu mutlaqo bema’nilik kabi ko‘rinadi. Biz ularni diplomatik yo‘llar bilan qaytarish uchun hamma narsani qilamiz”, deya 2022 yil fevralidan keyin Rossiya tomonidan bosib olingan hududlar taqdiri hali hal qilinmaganini ta’kidlagan Ukraina rasmiylari.

15 mart kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik muzokaralari uchun Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing