Kuchli qor yog‘ayotganda “Qamchiq”da qolib ketgan 14 kishi qutqarildi

Jamiyat

image

Kecha, 6 fevral kuni “Qamchiq” dovonida qolib ketgan transport vositalari va fuqarolar qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, soat 19:05 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispecheriga dovondan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh”  avtomobil yo‘lining 242-kilometridagi shimoliy aylanma yo‘lda ob-havoning keskin o‘zgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida ma’lumot kelib tushgan.

“Qamchiq” Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar zudlik bilan voqea joyiga chiqqan. Tog‘da qolib ketgan 14 nafar fuqaro hamda ularning transport vositalari evakuatsiya qilingan.

Qutqaruvchilar soat 20:10 da barcha fuqarolarni sog‘-omon pastga  olib tushib manzillariga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatishgan.

Avvalroq O‘zgidromet 6-7 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni xududida noqulay ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirish bilan chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing