Koronavirusga qaramay Belarus harbiy parad o‘tkazdi (video)
Olam
−
09 may 2020
10355Sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan davlatlardan faqatgina Belarus Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan parad o‘tkazdi. Bugun Minskda koronavirus pandemiyasiga qaramay katta marosim bo‘lib o‘tdi.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan paraddan voz kecholmaganini, uning “boshqa tanlovi” bo‘lmaganini ta’kidladi.
“Aqldan ozgan va yo‘lini yo‘qotgan dunyoda bu muqaddas tadbirni o‘tkazish joyi va vaqti uchun bizni ayblovchilar topiladi. Ularga inson sifatida aytmoqchiman: xulosa chiqarishga shoshilmang, bizni, G‘alaba avlodlarini, belaruslarni ayblashga esa umuman xovliqmang. Bizning boshqa yo‘limiz yo‘q edi. Bo‘lganida ham biza hozirgidek yo‘l tutardik”, dedi Lukashenko.
Lukashenko paraddan tashqari, kechki payt Minskdagi G‘alaba maydonida “Umumiy G‘alaba sharafiga” konsert dasturi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Ammo poytaxtdan boshqa joylarda ommaviy tadbirlar o‘tkazish belgilanmagan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab hatto Moskvadagi “Qizil” maydonda ham g‘alaba pradi o‘tkazilmadi. Bu safar Rossiya havo paradi bilan cheklanishga qaror qildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15