Koronavirusga chalinganlar 7 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
17 may 2020 10646 1 daqiqa
17 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondastonda koronavirusga chalinganlar yana 7 nafarga ko‘payib, 2753 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 3 nafar fuqaro Sankt-Peterburgdan kelgan, 2 nafari esa oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 2247 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi.
Qolgan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.