Koronavirus 4 mln insonni dunyodan olib ketdi. Eng ko‘p o‘lim holati qayerda?
Olam
−
06 iyul 2021 9403 2 daqiqa
Dunyo bo‘ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 4 milliondan oshdi. Koronavirus bo‘yicha statistika taqdim etuvchi platformalar ushbu ma’lumotni tasdiqlamoqda.
Bugun, 6 iyun holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasi tufayli umumiy hisobda 4 million 1769 ta o‘lim holati qayd etilgan. Ushbu virusga chalinganlar soni esa 184,9 millionni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, COVID-19 bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati 2020 yil 11 yanvarda qayd etilgan. 2020 yilning 28 sentyabriga kelib ushbu kasallikdan vafot etganlarning soni bir millionga, yana to‘rt oydan so‘ng, 2 million yetdi. Joriy yilning aperliga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 3 milliondan oshdi.
Geografik talqin
COVID-19 sabab o‘lish holatlari eng ko‘p AQSHda qayd etilgan — 621,3 ming kishi. Bu mamlakatda virus yuqtirganlar 35,5 millionni tashqil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Braziliya (yuqtirgan — 18,8 million kishi. Vafot etgan — 525 mingdan ortiq), uchinchi o‘rinda Hindiston (yuqtirgan — 30,6 million kishi. Vafot etgan — 403 ming).
Aholi soniga ko‘ra, o‘lim darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Peruda. Bu yerda har 100 ming aholiga 578 o‘lim holati to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Yevropa mamlakatlari: Vengriya (311), Bosniya va Gersegovina (296) va Chexiyada (283) ham ushbu ko‘rsatkich yuqori.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda joriy yil 5 iyul holatiga ko‘ra, umumiy hisobda 113 568 kishi COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 754 nafarga yetgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025