Koreyaliklar Yunning davomchisini saylaydi
Olam
−
07 aprel
3790Janubiy Koreyada 3 iyun kuni hokimiyatdan chetlatilgan sobiq prezident Yun Sok Yolning vorisini aniqlash uchun yangi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda hukumatdagi manbalarga tayanib, Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur sana prezident vazifasini bajaruvchi bosh vazir Xan Dok Su raisligidagi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida tasdiqlanishi kutilmoqda.
Konstitutsiyaviy sud impichment to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, mamlakatda 60 kun ichida muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kerak. Agar sana tasdiqlansa, saylov taqvimiga ko‘ra, nomzodlar 11 maydan kechiktirmay ariza topshirishlari kerak, saylov kampaniyasi esa 12 mayda boshlanadi. 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlardan so‘ng yangi prezident o‘z lavozimiga kirishadi.
Yunning harbiy holat e’lon qilishi va impichment jarayoni
O‘sha paytdagi prezident Yun Sok Yol 2024 yil 3 dekabrda “muxolifatning davlatga qarshi harakatlarga aralashgani”ni bahona qilib, harbiy holat e’lon qilgan edi.
Biroq bu qaror parlamentdagi ovoz berish orqali bekor qilindi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangach, u o‘z fikridan qaytishga majbur bo‘ldi.
2024 yil 14 dekabrda Milliy assambleya Konstitutsiyaviy sudning ishi bo‘yicha qarori qabul qilinmaguncha lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Yunga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi.
Sud jarayonidan so‘ng Konstitutsiyaviy sud 4 aprel kuni Milliy assambleyaning impichment haqidagi so‘rovini qanoatlantirgan va harbiy holat tufayli Yunni lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida qaror chiqargan.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel
Trenddagilar


