Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qariyb $22 ming bilan ushlandi
3-sahifa
−
14 iyul 1409 1 daqiqa
Namangan viloyatida fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ulardan 21 850 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Uchqo‘rg‘on tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi haydovchisi A.S. 5 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, u ushbu va’da evaziga fuqarolardan jami 21 850 AQSH dollarini olib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida uch nafar fuqaroni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan qariyb 20 ming AQSH dollari va 2 million so‘m olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek,Toshkentda fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangan edi.
Live
Barchasi