Toshkentda 9 kishini Germaniyaga ishga yuborish bilan aldaganlar qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
23 iyul 2025 2657 1 daqiqa
Toshkentda fuqarolarni Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” MCHJ rahbari J.B. va menejeri A.A. (muqaddam sudlanganlar) fuqarolarni go‘yoki Germaniya davlatiga ishga yuborishi haqida ijtimoiy tarmoqlarga e’lon joylashtirib, ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzgan. Ulardan jami 12 500 dollar va 73,2 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 4 ta hududda AQSH, Yaponiya va Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi