Konte “Inter”ning rekordini o‘rnatdi
Sport
−
26 Sentabr 2019 4738 1 daqiqa
Italiya A Seriyasining 5-turi doirasida "Inter" klubi "Latsio"ni 1:0 hisobida taslim etdi.
Qiziqarlisi, bu g‘alaba klubning Italiya chempionatidagi qatorasiga beshinchi g‘alabasi bo‘ldi. Bu bilan "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining A Seriyadagi rekordini o‘rnatdi. Italiyalik mutaxassis klub tarixida ketma-ket 5 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan yagona murabbiyga aylandi.
"Inter" bungacha "Lechche", "Udineze", "Kalyari" va "Milan" jamoalari ustidan g‘alaba qozongan edi. Klub keyingi o‘yini, ya’ni "Sampdoriya"ga qarshi o‘yin 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Antonio Konte 2019 yil 31 may kunidan "Inter"ning bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelyapti.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr