Konor Makgregor prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni bo‘lgan 37 yoshli Konor Makgregor Irlandiya prezidentligi uchun xalqdan o‘z nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. Bu haqda sportchi bugun, 2 avgust kuni X sahifasida yozib qoldirdi.

Makgregor irlandiyaliklardan unga ovoz berishlarini so‘rab, ijtimoiy tarmoqqa foydalanuvchilariga murojaat qilib chiqqan. 

“Mening moliyaviy imkoniyatlarim cheksiz, bu mablag‘lar butun hayotimga yetadi. Bu esa shuni anglatadiki, meni hech kim hech qachon sotib ola olmaydi, hatto terrorchilar bilan ham men hech qachon muzokara olib bormayman. Agar sizlar meni Prezident etib saylasangiz, yurtimizga tub o‘zgarishlar va shifo kirib keladi. Albatta, bu so‘zlar kimlargadir g‘alati tuyulishi mumkin, lekin bu – sof haqiqat. Ishoning, men siz o‘ylagandan ham kuchliman va atrofimda aqlli va kuchli jamoa bor. Biz barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz. Irlandiyaning kelajagi uchun faqat bitta narsa kerak – Konor Makgregor uchun ovoz berish!” deya yozib qoldirgan u. 

Joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlari arafasida uning nomzodi va bergan va’dalari irlandiyaliklar orasida asosiy mavzulardan biriga aylangan. 

Ma’lumot uchun, 2025 yilning mart oyi o‘rtalarida ham Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surmoqchiligi haqida gapirgandi. Makgregor agar Irlandiya Prezidenti etib saylansa, Yevropa Ittifoqining migratsiya paktiga qarshilik qilishi va Irlandiyada har bir kishi o‘z kelajagi bo‘yicha ovoz hamda tanlovga ega bo‘lishiga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Makgregor Vashingtondagi Oq uyga borgandi va AQSH rahbari Donald Tramp bilan uchrashgandi. Uchrashuv davomida dunyoning eng boy insoni Ilon Mask ham ularga sherik bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Evropa Ittifoqi Konor Makgregor Irlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing