Komplayens tuzilmalari xodimlariga daxlsizlik huquqi berilmoqda
Jamiyat
−
25 iyun 4321 2 daqiqa
Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga daxlsizlik huquqi berilmoqda. Xususan, ularning telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, xodimlarni ko‘zdan kechirish va ularni shaxsiy tintuv qilish faqat Bosh prokurorning ruxsati bilan mumkin bo‘ladi. Ushbu kafolatlar joriy yilning 22 iyun kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni berilgan.
Qonunda belgilanishicha, davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining xavfsizlik kafolatlari Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, ularda tintuv o‘tkazish yoki ulardan ashyoni olish, ularning telefondagi so‘zlashuvlarini eshitish, xodimlarni ko‘zdan kechirish va ularni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, olib qo‘yish yoxud olish faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yozma ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimini, shu jumladan u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida so‘roq qilishga, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashga va ushlab turishga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori xabardor etilgan holda, belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust