Klopp “Real” ustoziga aylanishi mumkin

Sport

image

Taniqli germaniyalik murabbiy Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin, uning xizmatlariga Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Klopp Red Bulldagi global futbol boshlig‘i rolida o‘zini tobora charchagan his qilmoqda. Yurgen murabbiylik faoliyatini qayta tiklash variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Klopp “Liverpul”da 2015 yildan 2024 yilgacha ishlagan. 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab mutaxassis Red Bullda Global Performance rahbari lavozimini egalladi. Yurgen Klopp “Liverpul” bilan APL va Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Yurgen Klopp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing