KXDR Rossiyaga 12 mln artilleriya snaryadlarini topshirdi – razvedka

Olam

image

Shimoliy Koreya Moskvaga artilleriya snaryadlari yetkazib berishda davom etmoqda. Ukrainada Rossiya bilan urush paytida Pxenyan Rossiya Federatsiyasiga jami 12 million 152 mm snaryad topshirishi mumkin edi. Bu haqda bugun, 13 iyul kuni Janubiy Koreya Mudofaa razvedka boshqarmasi (DIA) hisobotiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar bermoqda.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR shu paytgacha Rossiyaga qurol-yarog‘ va artilleriya o‘qlari bo‘lgan 28 mingga yaqin konteyner o‘tkazgan.

“Agar biz 152 mm snaryadlarni hisoblasak, u holda (yetkazib berilgan snaryadlar soni) 12 milliondan oshib ketgan”, deya ma’lum qildi razvedka xizmati.

“The Washington Post” gazetasi 2023 yil avgustidan 2024 yil yanvarigacha Shimoliy Koreya Rossiyaga 1,6 millionga yaqin artilleriya o‘qlarini yuborishi mumkinligi haqida xabar bergan. Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanovning ta’kidlashicha, Rossiyadagi yirik kalibrli o‘q-dorilarning yarmidan ko‘pi hozir Shimoliy Koreyadan olib kelingan.

Rossiya hech qachon KXDRdan o‘q-dorilar sotib olinganini tasdiqlamadi.

2024 yilda Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi bandni o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shimoliy Koreya harbiylari Kursk viloyatidagi janglarda qatnashdi. Janubiy Koreya va Ukraina razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan yaqin oylarda Rossiyaning Ukrainadagi hujumini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 25-30 ming askar jo‘natmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya KXDR artilleriya snaryadlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing