KXDR bir hafta ichida ikkinchi raketani sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
01 Oktabr 2021 4970 1 daqiqa
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi kecha, 30 sentyabr kuni yangi zenit raketa sinovdan o‘tkazilganini e’lon qildi. Bu haqda “Koreya ovozi” Xalq Respublikasi markaziy radiostansiyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, uchirish KXDR Harbiy fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rejani tasdiqlash maqsadida amalga oshirilgan.
Akademiya ma’lumotiga ko‘ra, sinovlar davomida yangi texnologiyalarni joriy etish orqali raketalarni boshqarish aniqligi, reaksiya tezligi va nishonlarni yo‘q qilish diapazoni oshgani tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, Pxenyan joriy yilning 28 sentyabr kuni birinchi marta “Xvason-8” gipertovushli yangi raketasini sinovdan o‘tkazgandi.
Shuningdek, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari uzoq masofaga uchuvchi yangi qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi.
Live
Barchasi