Kurs UZS

USD

12 980.33

11.95

EUR

14 779.40

436.37

RUB

154.51

2.14

Xodimni homiladorligi uchun ishdan bo‘shatish taqiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi. Bu haqda kecha, 13 fevral kuni qabul qilingan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra, qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi”  idoralararo dasturiy-apparat majmuida  elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qishi mumkin bo‘lgan ta’lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda. 

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi. 

Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Mehnat kodeksi ishdan bo'shatish homilador xodim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing