Xitoyning ikki sobiq mudofaa vaziri o‘limga hukm qilindi
Olam
−
07 may 3910 2 daqiqa
Bugun, 7 may kuni Xitoyda Oliy harbiy sud sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenxe va Li Shanfularni 2 yillik sinov muddati bilan shartli o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Sinxua” nashri xabar berdi.
Harbiy sud sobiq mulozimlarni pora olishda ayblagan va ularning barcha shaxsiy mol-mulklari musodara qilinganini ma’lum qilgan. Agar harbiy sud komissiyasi ularni 2 yildan so‘ng tarbiyalanganiga ishonch hosil qilsa, o‘lim jazosini umrbod qamoq jazosiga almashtirishi mumkin. Biroq xarbiy kengash mahkumlarga jazoni qisqartirish yoki muddatidan avval ozod qilish imkoniyati taqdim etilmasligini bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Vey Fenxe 2018 yildan 2023 yilgacha mudofaa vaziri lavozimida ishlagan va 2023 yil mart oyida uning o‘rnini Li Shanfu egallagan edi. Biroq Lining taqdiri ham sobiq mavqedoshiniki bilan bir xil bo‘ldi. 2023 yilda mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan Li o‘sha yilning dekabrida poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olingan va lavozimidan ozod etilgan.
Joriy yilning fevral oyida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin yuqori martabali harbiy generali Chjan Yusyani pora bilan qo‘lga olinganiga urg‘u berib, mamlakatning harbiy pozitsiyasiga baho bergan. Sining aytishicha, Xitoy korrupsiyaga qarshi kurashda “inqilobiy chiniqish”ni boshdan kechirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda ikki nafar yuqori lavozimli harbiy amaldorlar – Markaziy harbiy kengash raisining o‘rinbosari Chjan Yusya va Markaziy harbiy kengash Qo‘shma shtabi boshlig‘i Lyu Chjenliga nisbatan tergov ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov