Xitoyda vertolyot qulab tushdi. Qurbon bor

Olam

image

Kecha, 2 may kuni Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi Suchjou shahri Vujong tumanida vertolyot qulab tushdi. Oqibatda vertolyot ostida qolgan 1 kishi halok bo‘ldi, bortdagi 4 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “China Daily” xabar berdi.

Boshqarma bayonotiga ko‘ra, B-7541 raqamli R44 II rusumli vertolyot Vujong havo hududiga qaytayotganda taxminan 10 metr balandlikdan yerga qulab tushgan. Halokat oqibatida yerda turgan bir kishi halok bo‘lgan, bortdagi to‘rt kishi jarohat olgan.

Voqea joyiga zudlik bilan favqulodda vaziyatlar, jamoat xavfsizligi va sog‘liqni saqlash xizmatlari yetib borib, jabrlanganlar darhol shifoxonaga yetkazilgan. Ularning hayoti hozircha xavf ostida emas.

Halokat sabablari yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Nyu-York shahrida vertolyot Gudzon daryosiga qulashi oqibatida Yevropa avtomatlashtirish kompaniyasi Siemens'ning Ispaniyadagi rahbari Agustin Eskobar, uning rafiqasi Mersi Kamprubi Montal va ularning 4, 5 va 11 yoshli bolalari hamda 36 yoshli uchuvchi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy vertolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing