Xitoyda insonni hissiy qo‘llab-quvvatlovchi robotlar sotuvga chiqdi (video)

Olam

image

Xitoyning UBTECH kompaniyasi insonlar bilan muloqot qilish va emotsional qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan Uworld U1 seriyasidagi gumanoid robotlarni taqdim etdi. Bu haqda “New Atlas” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya ushbu qurilmalarni dunyodagi birinchi to‘liq o‘lchamli, ommaviy ishlab chiqarilgan ultrabionik hamroh robotlar sifatida ommaga tanishtirgan.

Yangi robotlar insonning ovoz ohangi, yuz ifodasi va nigohini tahlil qilib, suhbat qurishi mumkin. Ular 88 ta servo bo‘g‘inga ega bo‘lib, inson harakatlarining 90 foizigacha takrorlay olishi hamda turli mikroifodalarni namoyish qilishi aytilgan.

Uworld U1 seriyasiga U1 Lite, U1 Pro va U1 Ultra modellari kiradi. Robotlarning bo‘yi 163–183 santimetr, vazni esa 35–42 kilogrammni tashkil qiladi. Narxlari modeliga qarab 119 800 yuandan 990 000 yuangacha (taxminan 17,6 ming dollardan 145,7 ming dollargacha) baholanmoqda.

Kompaniya robotlar keksalarga hamroh bo‘lishi, insonlar bilan suhbatlashishi va ruhiy ko‘mak berishini ta’kidlagan. Ubtech taqdimot kunining o‘zidayoq 13 mingdan ortiq buyurtma olganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ilk bor gumanoid robotlarning nikoh to‘yi o‘tkazilgan edi.

Dilnura Urinova


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing