Xitoyda 3 oyda 50 kg vazn tashlagan odamga Porsche beriladi
Bu qiziq
−
30 Oktabr 4201 2 daqiqa
Xitoyda faoliyat olib boruvchi sportzallardan biri uch oy ichida 50 kg vazn yo‘qotgan har bir kishiga mukofot sifatida Porsche avtomobili berilishni e’lon qildi. Bu haqda “Mu News” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23 oktyabr kuni Xitoy shimolidagi Shandun provinsiyasida joylashgan fitnes markazi vazn yo‘qotish bo‘yicha tanlov e’lon qilib, 3 oyda 50 kg vazn yo‘qotgan mijozga Porsche Panamera avtomobili berilishini e’lon qilgan.
Reklama ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa-da, sog‘liqni saqlash mutaxassislari qisqa vaqt ichida haddan tashqari ko‘p vazn yo‘qotishning salbiy oqibatlari haqida jiddiy ogohlantirgan.
“Tanlovga qabul qilish davom etmoqda va 30 nafar ishtirokchi qabul qilinganidan so‘ng ro‘yxatga olish yopiladi. Hozirgacha yetti yoki sakkiz kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi 10 000 yuanni tashkil etadi. Bu umumiy mashq qilish xonalari, sog‘lom ovqatlanish va turarjoyni qoplaydi. Biroq vazn yo‘qotish tartibining o‘ziga xos tafsilotlari va parhez rejalari oshkor qilinmaydi”, deydi markaz murabbiyi.
Shuningdek, e’londa taklif etilayotgan avtomobil yangi emasligi va bir necha yillardan beri foydalanilgan, 2020 yilda ishlab chiqarilgan model ekani ham eslatib o‘tilgan.
Qayd etish joiz, Porsche avtomobili Xitoyda 155 000 AQSH dollari atrofida rasmiy boshlang‘ich narxga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning janubiy Guandun provinsiyasida joylashgan kamera ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z xodimlari uchun “Ozing va pul ishlang” aksiyasini yo‘lga qo‘ygan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi