Xavfli infeksiyaga chalingan 4500 migrant Rossiyadan deportatsiya qilindi

Olam

image

Rossiyada 2025 yilning 9 oyi davomida 4500 ga yaqin xorijlik fuqarolarda atrofdagilar uchun xavfli kasalliklar aniqlandi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Igor Dudnik bugun, 8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz Rossiyada ruxsatnoma olishga uringan va yuqumli kasalliklarga chalingan 4500 ga yaqin chet el fuqarosini aniqladik. Ularning barchasi mamlakatdan chiqarib yuborildi”, dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kasalliklar ijtimoiy xavf tug‘diradi.

Dudnikning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz oy davomida giyohvand moddalarni iste’mol qilish alomatlari bo‘lgan 1600 dan ortiq xorijlik aniqlangan va keyinchalik deportatsiya qilingan. 150 dan ortiq migrant ham shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlarini o‘zgartirib, Rossiyani tark etgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari migrantlar orasidan qidiruvda bo‘lgan 240 ga yaqin xorij fuqarosini aniqlagan.

Yanvar oyida Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev xavfli kasalliklar va giyohvandlikka chalingan migrantlarni deportatsiya qilish zarurligini aytgandi.

“Eng dolzarb masalalardan biri bu – xavfli kasalliklar aniqlangan migrantlar, shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchilar bilan bog‘liq vaziyat. Bu yerda yondashuv juda oddiy bo‘lishi kerak: ular zudlik bilan deportatsiya qilinishi lozim”, deya ta’kidlagandi u.

Joriy yil 5 fevraldan boshlab Rossiyada noqonuniy migrantlarning davlat reestri mavjud bo‘lib, unda mamlakatda noqonuniy yashayotgan yoki huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Undan migrantlarni tekshirish maqsadida ish beruvchilar, tadbirkorlar va fuqarolar, shuningdek, davlat organlari foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva politsiyasi tashabbusi bilan 2025 yilda Rossiyadan 450 dan ortiq noqonuniy migrant deportatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar deportatsiya xavfli infektsiya Igor' Dudnik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing