2025 yilda Rossiyadan necha noqonuniy migrant deportatsiya qilingani aytildi
Olam
−
05 Oktabr 5006 2 daqiqa
2025 yilda Moskva politsiyasi tashabbusi bilan Rossiyadan 450 dan ortiq noqonuniy migrant deportatsiya qilindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Migratsiya departamenti xodimlari tomonidan Moskvaning jamoat joylari, savdo markazlari, oziq-ovqat xizmatlari ko‘rsatish shoxobchalari, yotoqxonalar va qurilish ob’ektlarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 7632 ta tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’muriy qonunchilikni amalga oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida migratsiya sohasida 58 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati – 15 mingtasi chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiyaga kirish qoidalari yoki Rossiyada bo‘lish (yashash) rejimini buzish bilan bog‘liq. Xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etish qoidalarini buzish holatlari soni 5 mingdan ortiqni tashkil etgan.
Turli jinoyatlar, jumladan, og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 242 nafar shaxs aniqlangan, 430 nafari xavfli kasallikka chalingani, 100 nafari Rossiyaga qalbaki hujjatlar bilan kirib borgani aniqlangan. Taxminan 1400 nafar migrantga nisbatan deportatsiya to‘g‘risida buyruq chiqarildi va ushbu toifadagi 450 dan ortiq chet el fuqarosi deportatsiya qilindi.
Bundan tashqari, yil boshidan buyon huquq-tartibot idoralari tomonidan migrantlarni noqonuniy ro‘yxatga olish bo‘yicha 3700 ta holat qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaning janubi-sharqidagi yotoqxonalarda o‘tkazilgan reyd chog‘ida 70 dan ortiq migrant qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi