Xarkovda avtomobillar karvoniga hujum qilindi. 20 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyansk tumanida tinch aholini olib ketayotgan avtomobillar karvoni o‘qqa tutildi. Oqibatda 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

Viloyat hokimligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, avtomashinalarda o‘qqa tutilishidan qochib, xavfsizroq joyga ko‘chmoqchi bo‘lgan tinch aholi bo‘lgan. Sinegubov hujum uchun javobgarlikni Rossiya harbiylariga yuklagan.

“Bu hech qanday asosga ega bo‘lmagan shafqatsizlik”, deb yozgan u.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari va sud-tibbiyot ekspertlari voqea joyiga jo‘nab ketishdi, deya qo‘shimcha qilgan Sinegubov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 sentyabr kuni Zaporoje viloyatida tinch aholidan iborat gumanitar karvonning o‘qqa tutilishi natijasida kamida 23 kishi halok bo‘lgan, 28 kishi jarohatlangan. Ukraina tomoni otishmada Rossiya qo‘shinlarini aybladi, ishg‘olchi hukumat vakillari ukrainalik harbiylar karvonga qarata o‘q uzganini iddao qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing