Xalq artistining uyi tunab ketildi
Olam
−
02 noyabr 2019 46605 1 daqiqa
Moskvada noma’lum shaxs Rossiya xalq artisti Yekaterina Shavrinaning uyini tunab ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Shavrinaning kvartirasini o‘g‘ri urdi”, degan agentlik suhbatdoshi.
Yekaterina Shavrinaning kvartirasi Yangi Moskvada “Izumrudnыy” turar-joy kompleksida bo‘lgan.
“Soat 8:00 da Yangi Moskva 2-Izumrudnaya ko‘chasidagi kvartirada o‘g‘rilik bo‘lgani haqida xabar keldi. Shikoyatchiga ko‘ra, noma’lum shaxs kvartiraga kirib, pul va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan”, deyiladi xabarda.
Rossiya IIVning shahar boshqarmasi zarar miqdori aniqlanayotgani va jinoyat ishi ochish masalasi ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Live
Barchasi