Katta futbol bolalikdagi orzudan boshlanadi
Biznes
−
16:55 852 3 daqiqa
Katta futbol bolalikdagi orzudan boshlanadi. Kia bilan birgalikda – Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga Kia bolalar ijodiy tanlovini yo‘lga qo‘ydi, uning g‘olibi nafaqat Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi, balki o‘ziga xos va chinakam tarixiy imkoniyat – Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati vaqtida maydonga to‘p olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati – bu millionlab insonlar orzu qiladigan voqea. O‘zbekistonlik bir bola uchun esa bu orzu Kia bilan birga ro‘yobga chiqishi mumkin. Tanlov g‘olibi va unga bir nafar katta yoshli hamrohlik qiluvchini Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga unutilmas sayohat kutmoqda.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi bir nafar g‘olib va bir nafar katta yoshli hamrohlik qiluvchi uchun Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga ikkita yo‘llanma, shuningdek, 2026 yil 23 iyun kuni Xyuston shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan rasmiy o‘yin vaqtida to‘pni maydonga olib chiqish huquqini o‘z ichiga oladi.
Tanlovda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishi mumkin.
Yo‘llanma bo‘yicha safarga quyidagilar kiradi:
- xalqaro va ichki aviaparvozlar;
- mehmonxonalarga joylashish;
- aeroport – mehmonxona – aeroport transferi;
- Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga chiptalar.
Ovqatlanish, shaxsiy xarajatlar, shuningdek, vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni ishtirokchilar o‘zlari to‘laydilar. Safarni tashkil etish va g‘olibni kuzatib borish Kia tomonidan ta’minlanadi.
Ishtirok shartlari
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:
- “Kia bilan birga Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga” mavzusida bolaning iste’dodini (har qanday turdagi) namoyish etadigan 15–30 soniyalik Reels formatdagi videorolikni yaratish;
- Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi bolaning vasiysi sahifasida tanlov tashkilotchisining @kia__uzbekistan rasmiy akkauntini belgilab va #KiaKidsFIFA2026 xeshtegini ko‘rsatib, videorolik joylashtirish;
- vasiyning aloqa ma’lumotlari va joylangan videoga havolani ko‘rsatgan holda www.kia.uz rasmiy veb-saytidagi ishtirokchi shaklini to‘ldirish.
G‘olib qanday aniqlanadi
Tanlovda bitta g‘olib aniqlanadi. G‘olibni aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Texnik saralash:
Barcha videolar tanlov shartlariga muvofiqligi bo‘yicha majburiy moderatsiyadan o‘tadi:
- ishtirokchining yoshi – 10–14 yosh;
- bitta ishtirokchidan bitta video;
- video joylashtirish shartlariga rioya qilingan:
- rasmiy xeshteg;
- Kia akkauntining belgilanishi;
- ochiq profil;
- kia.uz saytidagi ishtirokchi shakli to‘ldirilgan.
Hakamlar hay’ati baholashi:
- Har bir ish 5 ta asosiy mezon bo‘yicha baholanadi;
- Har bir mezon bo‘yicha baholash – 1 dan 10 ballgacha.
Baholash mezonlari:
- Kreativlik – g‘oyaning qanchalik o‘ziga xos, noodatiy va qiziqarli ekanligi;
- Futbol mavzusi – futbol bilan aloqaning mavjudligi va sifati;
- Hissiylik – video his-tuyg‘ularni uyg‘otadimi: quvonch, ilhom, tabassum;
- Bolaning mustaqilligi – bolaning o‘zi iste’dod va g‘oyani namoyon etgani qanchalik ko‘rinadi (o‘zi o‘ylab topgan, chizgan, raqsga tushgan, o‘ynagan va h.k.);
- Taqdim etish va format – videoning yaxlitligi, g‘oyaning tushunarliligi, taqdim etish va qabul qilish sifati.
G‘olibni aniqlash:
- Hakamlar hay’atining har bir a’zosi barcha mezonlar bo‘yicha ball belgilaydi;
- Barcha ballar umumlashtiriladi;
- Eng ko‘p umumiy ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi;
- Ballar teng bo‘lgan taqdirda hal qiluvchi ovoz Kia bosh ofisi vakilida qoladi.
Tanlov haqida
Bolalar tanlovi Kia brendining Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati bilan global hamkorligi doirasida o‘tkazilib, bolalarning iqtidori, ijodkorligi va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ishtirok etishning batafsil shartlari, o‘tkazish muddatlari va g‘olibni aniqlash qoidalari bilan www.kia.uz rasmiy saytida tanishish mumkin.
Katta futbol bolalikdagi orzu, ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi va o‘ziga bo‘lgan ishonchdan boshlanadi. Video yozib oling, farzandingizni qo‘llab-quvvatlang va unga Kia bilan birga Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati maydoniga chiqish imkoniyatini taqdim eting.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi