Kasilyas futbol uchrashuvlarini 4 qisimga bo‘lishni taklif qildi

Sport

image

“Real Madrid” va “Portu” klublarining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas futbol uchrashuvlari formatini o‘zgartirish taklifini ilgari surdi. Bu haqda ispaniyalik sobiq posbon o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Agar suv ichish uchun tanaffuslar muntazam ravishda joriy etiladigan bo‘lsa, uchrashuvni 25 daqiqalik to‘rt bo‘limga bo‘lish mumkin. Balki bu yaxshiroq yechim bo‘lar? Bu shunchaki muhokama uchun taklif”, deb yozdi ispaniyalik afsona.

2026 yilgi Jahon chempionatida yuqori harorat tufayli suv ichish uchun majburiy tanaffuslar amaliyoti keng qo‘llanilmoqda.

Turnir AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda hamda tarixda ilk bor unda 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Jamoa 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing