Kashmirda kuchli yomg‘ir oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Bir necha kundan beri Kashmir mintaqasining Jammu va Kishtvar hududlarida kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, 100 dan ortiq odam jarohat oldi yana 50 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “The Indian Express” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, hodisa joyida bo‘lgan va qutqaruv ishlarini boshqargan Kishtvar tumani komissarining o‘rinbosari 100 dan ortiq odam tuman shifoxonasiga yetkazilganini bildirgan. Mahalliy politsiya boshlig‘i ham 50 kishining bedarak yo‘qligini tasdiqlagan. Halok bo‘lganlarning aksariyati ziyoratchilar bo‘lib, ular Chositi qishlog‘idan Machail Mata ibodatxonasi tomon ketayotgan paytda noqulay ob-havo hodisasi yuzaga kelgan.

“Mening fikr va duolarim Kishtvarda, Jammu va Kashmirda yog‘ingarchilik va toshqinlardan jabr ko‘rganlar bilan. Qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Zarur bo‘lganlarga barcha yordam ko‘rsatiladi”, deydi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi.

Ma’lumot uchun, qariyb ikki hafta avval Uttarahand shtatida kuchli toshqin Dharadi qishlog‘idagi uylarni yuvib ketib, 4 kishi halok bo‘lgan, 50 kishi bedarak yo‘qolgan. Mutaxassislar bu mavsum shtat uchun juda noqulay kechayotganini, kuchli va tinimsiz yog‘ingarchilik kuzatilayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning shimolidagi Uttarkashi shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida toshqin yuzaga keldi va u butun bir qishloqni butkul vayron qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kashmir Jammu Kishtvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing