Karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi

Jamiyat

image

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi: 

•    koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;

•    karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;

•    test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi).


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing