Kanadadagi YTHda uch nafar sportchi halok bo‘ldi
Sport
−
03 fevral 726 1 daqiqa
Kanadada USPHL Premer-ligasining “Janubiy Alberta Mustangi” jamoasining uch nafar xokkeychisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda CBC xabar berdi.
Nashr yozishicha, sportchilar jamoaviy mashg‘ulotlarga yo‘l olayotgan paytda ular harakatlanayotgan avtomobil Kanadaning Alberta provinsiyasidagi avtomagistralda yarim tirkamali yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida 18 yoshli Kemeron Kasorso, Jey-jey Rayt va 17 yoshli Keyden Fayn vafot etgan.
Bir qator xokkey klublari, jumladan, “Gumboldt Bronkos” jamoasi qurbonlarning oilalari va “Janubiy Alberta Mustangi” jamoasiga hamdardlik bildirgan.
Alberta provinsiyasi bosh vaziri Daniel Smit ham xokkeychilarning vafoti bilan hamdardligini izhor qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa joylashgan Staveley shahrida mahalliy arenada marhum sportchilarning tayoqchalari va futbolkalari qo‘yilgan vaqtinchalik yodgorlik tashkil etilgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral