Kanada Tomas Partiga viza berishdan bosh tortdi
Sport
−
10:23 493 1 daqiqa
Gana terma jamoasining yarim himoyachisi Tomas Parti Torontoda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. FIFA’ning “The Athletic” nashriga ma’lum qilishicha, futbolchiga Kanada hududiga kirishga ruxsat berilmagan.
Qayd etilishicha, Parti iyun oyi boshida Qo‘shma Shtatlarga kirgan bo‘lsa-da, Kanadaga borishiga ruxsat berilmagan.
2025 yilda London politsiyasi futbolchini 2020–2022 yillar oralig‘ida, u “Arsenal” safida to‘p surgan vaqtda sodir etilgan 7 ta zo‘rlash va bir marta jinsiy tajovuz holati bo‘yicha ayblagan edi.
Tomas Parti o‘z aybini rad etgan. Mazkur ish bo‘yicha sud muhokamasi 2027 yilda o‘tkazilishi mumkin.
Gana terma jamoasi mundialdagi ishtirokini 18 iyun kuni Torontoda Panamaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Shundan so‘ng, jamoa Angliyaga qarshi AQSHning Foksboro shahrida, Xorvatiyaga qarshi esa Filadelfiyada maydonga tushadi.
FIFA o‘z bayonotida mezbon davlatlarning immigratsiya jarayonlari, jumladan, viza va mamlakatga kirish bilan bog‘liq qarorlariga aralashmasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Tomas Parti Gana terma jamoasi safida 57 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol urgan.
Live
Barchasi