Kaliforniya universiteti Trampni sudga berdi
Olam
−
18 Sentabr 2025 4253 2 daqiqa
Kaliforniya universiteti xodimlari AQSH Prezidenti Donald Trampga qarshi jamoaviy sud da’vosini kiritdi. Bu haqda “Los Angeles Times” xabar berdi.
Ular Tramp ma’muriyatini konstitutsiyaviy huquqlarni buzishda va ish o‘rinlariga tahdid qilishda ayblamoqda. Da’vo sababi – universitetdan 1,2 milliard dollar to‘lov talab qilinishi va ilmiy tadqiqot grantlarining to‘xtatilishi.
Xabarga ko‘ra, 16 sentyabr kuni 21 ta kasaba uyushmasi va professor-o‘qituvchilar assotsiatsiyasi jami 100 mingdan ortiq universitet xodimlari manfaatini ifodalovchi guruhlar Kaliforniya Shimoliy okrugi federal sudiga murojaat qilgan.
Da’voda aytilishicha, Tramp ma’muriyati universitetni “mafkuraviy bo‘ysundirishga” urinmoqda, xodimlarni yollash, talabalarni qabul qilish, sport dasturlari, stipendiyalar, turfa xillik va gender siyosatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Shuningdek, yillik 17 milliard dollarlik federal moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qilmoqda.
AQSH Adliya vazirligi universitet rahbariyatini “kampusda antisemitizmga qarshi yetarlicha kurashmayapti”, deb ayblagan va siyosatni tubdan o‘zgartirishni talab qilgan.
Kaliforniya universiteti Prezidenti Jeyms Milliken esa 500 million dollardan ortiq grantlarning qisqartirilishi va 1,2 milliard dollar jarima butun universitet tizimi uchun “halokatli tahdid” ekanini ta’kidlagan. Shunga qaramay, universitet rahbariyati hozircha Tramp ma’muriyatiga qarshi bevosita da’vo arizasi bermayotganini bildirgan.
Hukumat Falastinga qo‘llab-quvvatlov aksiyalari o‘tkazilgani sababli universitetga ajratilgan mablag‘larni to‘xtatgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatning eng nufuzli universitetlari, jumladan Garvard, Prinston, Kolumbiya va Pensilvaniya universitetlari uchun federal moliyalashtirishni to‘xtatayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025