Kalderonni yutgan G‘iyosov menga yutqazgan – Ergashev

Sport

image

Boks boyicha IBF kamari uchun majburiy da’vogar Shohjahon Ergashev prof boksda Shahram G‘iyosovga imkoniyatni boy bergan amerikalik Xarold Kalderon bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda bokschi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xarold Kalderon o‘zbekistonlik bokschining oldiga shogirdlikka tushish maqsadida kelgan. 

“Ukam mendan boks o‘rgangani keldi, chunki u yaqinda yutqazgan bolani men ancha oldin yutib qo‘yganman. Endi yangi shogirdimga sekin-sekin boks sirlarini o‘rgatib boraman”, deydi Ergashev.

Hozirda super yengil vazn toifasida IBF kamari sohibi puyerto-rikolik Sabriyel Matiasga majburiy raqib sifatida buyurilgan Shohjahon mazkur jang uchun mashg‘ulotlarni AQSHda davom ettirmoqda. Unga hamrohlik qilayotgan sportchi esa joriy yilning 17 iyun kuni aynan shu vazndagi boshqa bir o‘zbek bokschisi Shahram G‘iyosovga ochkolar evaziga yutqazgan Xarold Kalderon hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez bahslashib turadigan Shahram va Shohjahon o‘rtasidagi haqiqiy jang bir muddat oldin, havaskor boksda bo‘lib o‘tgan. Ushbu jangda  Shohjahon Ergashevning qo‘li baland kelgan. Sportchilar o‘rtasida bo‘lib turadigan tresh-toklarga ham aynan o‘sha jang natijasi sabab qilib ko‘rsatiladi. Katta ehtimol bilan Ergashev eski tanishiga havaskor boksdagi mag‘lubiyat alamini olish imkoniyatini berish istagida.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Shahram G'iyosov Xarold Kalderon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing