“Qo‘yliq” yaqinida 34 kilogrammdan ziyod narkotik musodara qilindi
3-sahifa
−
12 iyun 2684 1 daqiqa
Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” bozori yaqinida 34 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Qo‘yliq” bozori yonida shubhali tarzda to‘xtab turgan Lasetti rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashinada 1984 yilda Denov shahrida tug‘ilgan, hozirda poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro ham borligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, avtomashina salonida bo‘lgan yelim idish ichida 30 dona o‘ramda jami 34 kg 610 gr og‘ir turdagi giyohvandlik vositalari, jumladan, 12 kg 960 gr “opiy” va 21 kg 650 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi