Qo‘qonda ona va uning 3 bolasi is gazidan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
03 aprel
3704Kecha, 2 aprel kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vafot etganlar orasida uch nafar voyaga yetmagan bolalar va ularning onasi bor. Bolalarning otasi esa ayni damda shifoxonada davolanmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu baxtsiz voqea dudburonga yomg‘ir suvlari to‘lib qolishi oqibatida yuzaga kelgan.
Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ota-ona va ularning farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




