Qozog‘istonda yana avtobus halokati. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
16 yanvar 12437 2 daqiqa
Bugun, 16 yanvar kuni Qozog‘istonning Aqtau shahridan 50 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus ishtirokida yo‘l-trasport hodisasi srdir bo‘ldi. Unda 4 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Respublika Transport vazirligi xabar berdi.
Avtobus halokati oqibatida jabrlanganlar 42 nafarni tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, 4 kishi jonlantirish bo‘limida, 13 kishi travmatologiya bo‘limiga yuborilgan.
“2026 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 01:03 da KZ-11 “Dosor - Qulsari - Beyneu - Sayotes - Shetpe - Jetibay – Aqtau” avtomobil yo‘lining 383-kilometrida Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avtobus 2025 yil 19 dekabrda texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan va “CASPIAN TRANS CORPORATION” MCHJda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi Aqtau shahridan Beyneu qishlog‘i tomon harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, transport vositasining ag‘darilishiga yo‘l qo‘ygan. Hodisa oqibatida 4 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, 3 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Avtobus salonida jami 50 kishi bo‘lgan”, deyiladi rasmiy axborotda.
Qayd etilishicha, yo‘lning yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan qismida yo‘l qoplamasida hech qanday nuqson yo‘q, yo‘l belgilari to‘liq hajmda va talablarga muvofiq o‘rnatilgan.
Shuningdek, boshqarma avtobus 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgani va YTH sodir bo‘lgan joydan taxminan 200 km uzoqlikda ikkinchi haydovchi o‘zgarganini ma’lum qildi. Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Mang‘istau viloyati politsiya departamenti tomonidan zarur tergov harakatlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.