Qozog‘istonda vazir o‘rinbosari hibsga olindi (video)

Olam

image

Qozog‘istonda Transport vaziri o‘rinbosari Satjan Ablaliyev hibsga olindi. Bu haqda bugun, 4 avgust kuni “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ablaliyevning qo‘lga olingani haqida ilk ma’lumotlar 2 avgust kuni paydo bo‘lgan. Biroq o‘shanda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) bu xabarni tasdiqlamagan. Shunga qaramay, bir qator manbalar u haqidagi ma’lumotlarning ishonchli ekanini bildirgan.

Bugun, 4 avgust kuni MXQ rasmiy tarzda Ablaliyevning hibsga olinganini tasdiqladi va tezkor videotasvirlarni e’lon qildi. Kadrlarda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari amaldorni ko‘chada to‘xtatib, keyinchalik uning uyida tintuv o‘tkazayotganini ko‘rish mumkin. Surishtiruv harakatlari davomida guldon ichidan katta miqdorda naqd pul topilgan.

MXQ hozircha hibsga olishning rasmiy sabablarini ochiqlamagan. Shu bilan birga, internetda uning 78 ming dollar miqdorida pora olgani bo‘yicha gumonlar va noqonuniy homiylikda ayblanish ehtimollari haqida taxminlar tarqalmoqda.

Ma’lumot uchun, Ablaliyev 2023 yil oktyabr oyidan beri Qozog‘iston Transport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan bo‘lgan. Bungacha u Shimoliy Qozog‘iston viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

Esaltib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq xodimini firibgarlikda gumon qilib, hibsga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Transport vaziri Satjan Ablaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing