Qozog‘istonda askar o‘zini ko‘p qavatli binodan tashladi

Olam

image

Olmaotadagi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi o‘zi xizmat qilayotgan harbiy qismdagi binoning uchinchi qavatidan pastga sakradi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Voqea bugun, 4 oktyabr kuni 5571-harbiy qismda sodir bo‘lgan. Askar harbiy gospitalga yotqizilgan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shifokorlarning qo‘ygan tashxisiga ko‘ra, askar chuqur depressiya holatida bo‘lgan. Bunga uning harbiy xizmatga chaqirilguniga qadar yaqin qarindoshini yo‘qotgani sabab bo‘lgan. U harbiy-tibbiy komissiyaning keyingi xizmatga yaroqliligini aniqlaydigan qarorini kutayotgan edi. Videokuzatuv kamerasi tasvirlarida tashqi aralashuvlar bo‘lgani qayd etilmagan.

Harbiy qismda xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, holat o‘rganilmoqda. Nashrning yozishicha, o‘tgan yilning kuzida xuddi shu harbiy qismda chaqiriluvchi to‘pponchadan yaralangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘izistondagi “Oq-Jol” nazorat-o‘tkazish punkti chegarachisini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Milliy gvardiya Olmaota askar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing