Qozog‘istonda 25 yil oldingi qotillik fosh etildi

Olam

image

Qozog‘istonning Uralsk shahrida bundan 25 yil oldin sodir bo‘lgan qotillik fosh etildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu qotillik 2000 yilning dekabr oyida sodir etilgan. Oqibatda ikki mahalliy shaxs o‘q jarohatidan vafot etgan. Bu qotillikning asosiy sababi esa moliyaviy kelishmovchilik bo‘lgan.

Oradan 25 yil o‘tib, qidiruv ishlari natijasida ikki gumonlanuvchi – buyurtmachi va jinoyat sodir etgan shaxs hibsga olingan. Ularga qarshi tergov ishlari davom etmoqda.

“Uzoq vaqt davomida jinoyat to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar yo‘qligi sababli hal qilinmagan. Biroq tergov-operativ guruhning puxta ishi tufayli voqealar zanjirini tiklash va gumonlanuvchilarga qarshi chiqish mumkin bo‘ldi. Sudgacha bo‘lgan tergov davomida ularning ishtirokini tasdiqlovchi qo‘shimcha dalillar topildi. Jinoyat ishi “guruh tomonidan ikki yoki undan ortiq shaxsni oldindan til biriktirgan holda o‘ldirish” moddasi bo‘yicha olib borilmoqda”, dedi Ichki ishlar vazirligining bo‘lim boshlig‘i Kanat Nurmagambetov.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Rossiyaning Kanash shahridagi do‘konlardan birida qorbobo kiyimidagi shaxs do‘kon egasini otib o‘ldirgandi. Gumonlanuvchi ertasi kuni qishloqdagi yashash joyida ushlangan.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing