Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Qozog‘istonda 1 oy ichida 1,5 ming o‘q-dori musodara qilindi   

Olam

image

Qozog‘istonda 2025 yil boshidan buyon noqonuniy muomalada bo‘lgan 1500 dan ortiq o‘q-dorilar olib qo‘yildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu sovuq qurollar orasida granata, to‘pponcha, avtomat va miltiqlar ham bo‘lgan. 

“Sakkizta Kalashnikov avtomati, 25 ta to‘pponcha, 23 ta miltiq, 17 ta granata, 1521 ta turli kalibrli o‘q-dorilar topilib, musodara qilindi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ko‘rsatilgan miqdordan 4 ta qurol-yarog‘ yanvar voqealari vaqtida o‘g‘irlangani aniqlangan. Qayd etilishicha, mazkur faktlar bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda. 

Xabarga ko‘ra, oxirgi ikki yil davomida mamlakatda mingdan ortiq qurol-yarog‘ musodara qilingan, shulardan 130 tasi 2022 yilgi yanvar voqealari chog‘ida o‘g‘irlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-31 yanvar kunlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan O‘zbekiston miqyosida o‘tkazilgan “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 186 dona tig‘, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston o'q-dori miltiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing