Qozog‘iston Prezidenti tepgan to‘p “hameleon” bo‘lib chiqdi (video)
Sport
−
07 dekabr 2023 20507 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Aqto‘be Sarjansoy qishlog‘idagi sport majmuasiga tashrifi chog‘ida gol urdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa Prezidentning bir rangdagi to‘pni tepgani, biroq boshqa rangdagi to‘p darvozaga kirganini payqab qoldi.
To‘qayev gol urgani aks etgan video uning Telegram sahifasida e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida To‘qayev Makronga qozoqcha o‘yin o‘ynashni o‘rgatgandi.
To‘qayev Fransiya Prezidentini qozoq xalqining madaniy merosi bilan tanishtirish maqsadida maxsus tashkil etilgan “Etnoaul” ko‘rgazmasi paytida “Qozoq kurashi” milliy o‘yini va “asik atu” o‘yini bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar bilan tanishtirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr