Qozog‘iston bug‘doy importini vaqtincha taqiqladi

Olam

image

Qozog‘iston hukumati bug‘doy import qilishga qisman taqiq joriy etdi. Tegishli buyruqni Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Aydarbek Saparov imzoladi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu taqiq Qozog‘iston hududi orqali tranzit temir yo‘l tashuvlariga, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlar o‘rtasida respublika orqali tranzit tarzida don mahsulotlarini tashishga taalluqli emas. Biroq parrandachilik fabrikalari, un korxonalari, litsenziyalangan elevatorlar va “Oziq-ovqat shartnomaviy korporatsiyasi” milliy kompaniyasi uchun istisno nazarda tutilgan: ularga temir yo‘l orqali bug‘doy qabul qilib olishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, parrandachilik fabrikalari va un korxonalari uchun import qilingan bug‘doyni mamlakat ichida ham, xorijda ham qayta sotish mumkin bo‘lmaydi. Bu cheklov Qozog‘iston orqali amalga oshiriladigan tranzit tashuvlariga daxl qilmasligiga aniqlik kiritilgan. Joriy etilgan cheklovlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda Qozog‘iston mahsulotlari uchun barqaror sotuv bozorni ta’minlash zarurati bilan izohlanmoqda.

Buyruq 2026 yil 27 iyuldan kuchga kiradi va olti oy davomida amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Respublikasi mamlakat hududiga uchinchi davlatlardan yangi yoki sovutilgan pomidorlarni barcha transport turlari orqali olib kirishga bir haftalik taqiq joriy etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing