Qoraqalpog‘istondagi postda kolonka ichiga yashirilgan 18 kilogrammdan ortiq narkotik aniqlandi
3-sahifa
−
24 Sentabr
3517Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona postida sof og‘irligi 18 kilogrammdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Dovut-ota” chegara bojxona postida boshqarmaning tezkor tuzilmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan mazkur holatda respublikaga kirib kelgan Lada Largus rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Ko‘rik davomida avtotransport yukxonasidagi 2 dona ovoz kuchaytirgich ichiga yot jismlar joylangani uchun bojxona xodimlarining diqqatini tortgan. Xolislar ishtirokida ushbu kolonkalar ochib ko‘rilganida, ularning ichida 36 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘lgan.
O‘ramlardagi oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar esa Markaziy bojxona laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra, 18 kg 97 gr og‘irlikdagi mefedron sintetik giyohvandlik moddasi bo‘lib chiqqan.
“Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar to‘xtatib qolingandi.
Madina Salimova
LiveBarchasi