Qoraqalpog‘istonda pora evaziga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
04 iyul 3404 1 daqiqa
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Obodonlashtirish boshqarmasi yordamchi xodimlar bo‘limi xodimasi G.A. fuqaro A.O.ning ishonchiga kirib, uni Nukus shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 10 mln so‘m talab qilgan hamda pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs boshqa bir shaxsning ishonchiga kirib, sud orqali uning ishini hal qilib berish maqsadida pul talab qilgani uchun qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi