Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya bo‘yicha mintaqa markazlaridan biri bo‘ladi – Prezident
Jamiyat
−
11:42 322 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi. Bu haqda bugun, 19 sentyabr kuni Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirilgan. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga «yashil» energiya ulushi 23 foizga yetgan. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etgan. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p.
Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berilgan. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlangan. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.
2030 yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.
Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.
Live
Barchasi