“Tyuningchi” Asadbek Jumayev 10 sutkaga qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahrida avtomobillarni “tyuning” qilish bilan shug‘ullanuvchi Uzbelas Performance avtoservisi rahbari Asadbek Jumayev joriy yilning yanvar oyida yo‘l harakat xavfsizligi inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay jarima tortilgani haqida xabar berilgandi.

Voqeadan so‘ng, Asadbek Jumayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan intervyusida yanvar oyidagi holatda kichik jarima bilan qutilib qolganini va inspektorga nisbatan qilgan ishidan 2-3 yildan keyin ham faxrlanishini aytgan.

Uning ushbu gaplari jamoatchilikni keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan. 

Shundan so‘ng, ushbu holat bo‘yicha, Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protest kiritilgan.

Keyin 27 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi bergan xabarda Asadbek Jumayev qilgan ishi uchun uzr so‘rab chiqqanligi e’lon qilingan.

Bugun, 27 fevral Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Jumayevga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining jarima solish haqidagi qarori bekor qilingan.

Toshkent shahar sudining qaroriga muvofiq A. Jumayevga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi (huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining foto va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) bilan 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tyuningchi Asadbek Jumaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing