Qodirov qizlarining Yevroittifoq “qora ro‘yxati”ga kiritilganiga izoh berdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Yevropa Ittifoqi 16 dekabr kuni e’lon qilgan navbatdagi sanksiyalar ro‘yxatiga kirgan qizlari – Ayshat va Xadijat bilan faxrlanishini aytdi.

“Hurmatli Ayshat va Xadijat! Davom eting! Siz mening kichkina va nozik qizlarimsiz. Lekin butun G‘arb sizdan qo‘rqadi. Men siz bilan faxrlanaman, azizlarim! Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga xush kelibsiz!” deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram sahifasida.

Qodirovning qizlaridan avvalroq uning amakivachchasi, Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi Turpal-Ali Ibrohimov ham “qora ro‘yxat”ga kiritilgani ma’lum bo‘lgandi.

“Turpal-Ali, siz ham Londonga sayohatingizni bekor qilishingiz va Shvetsariyadagi barcha bank hisoblaringizni yopishingiz kerak bo‘ladi”, deya ta’kidlagan Checheniston rahbari. 

Shuningdek, Qodirov bu kabi yangi sanksiyalarni “mamlakatni yanada jipslashtiruvchi omil” deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qodirov Checheniston

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing