Qiziqchi Ukraina Mudofaa vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Olam

−

image

Komik shou orqali tanilgan qiziqchi Aleksey Reva Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. 

“Mudofaa vazirligi jamoasini kuchaytirishda davom etmoqdamiz. Hukumat mayor Aleksey Revani Ukraina Mudofaa vazirining raqamli rivojlanish, raqamli transformatsiyalar va raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinladi”, deyiladi xabarda.

Reva mudofaa kuchlari uchun raqamli tizimlar va servis xizmatlarini rivojlantirish hamda armiyadagi jarayonlarni yengillashtiradigan va harbiy xizmatchilarga o‘z vazifalarini bajarishga yordam beradigan texnologiyalarni joriy etish uchun javobgar bo‘ladi.

Nashrning qayd etishicha, 2015 yilda Aleksey Reva “Hazilkashni kuldiring” shousi g‘olibi bo‘lgan. Keyinchalik u “Mamaxoxotala” yumoristik studiyasining aktyori va ssenariynavisi bo‘lib ishlagan.

Rossiya bilan nizo boshlanganidan so‘ng Reva egizak akasi bilan birga Harbiy xizmatga chaqiruv hududiy markaziga xizmatga kirgan, keyinchalik Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi va AT-sektorida ishlab, harbiy xizmatga boradiganlarni hisobga olish uchun dasturiy ta’minot yaratish bilan shug‘ullangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy Radasi Yevgeniy Xmarani mamlakat Mudofaa vaziri etib tayinlagandi. Uning nomzodini zarur bo‘lgan 226 ta ovoz o‘rniga 312 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing