Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatiladi

Olam

image

Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatiladi, ularning o‘rniga 20 ta okrug tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 16 aprel kuni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Nookat tumani aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.  

Qirg‘iziston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda respublikada 44 ta tuman va 33 ta shahar mavjud.

“Viloyat va tumanlar tugatiladi, 20 ta okrug qoladi – soddaroq aytganda, 20 ta viloyat bo‘ladi, biz shunga kelamiz. Ammo bunga hali vaqt bor, taxminan uch-to‘rt yil”, deya rejalari bilan o‘rtoqlashgan Prezident.

Uning qayd etishicha, dastlab boshqaruv tizimini sinab ko‘rish uchun pilot loyiha sifatida bitta okrug tashkil etiladi va u ikki-uch yil davomida kuzatiladi. Asosiy mezon – ushbu okrugning respublika dotatsiyasidan chiqa olish imkoniyati bo‘ladi. Agar loyiha muvaffaqiyatli deb topilsa, viloyat va tumanlar butunlay tugatilib, mamlakat okruglarga bo‘linadi.

Sadir Japarov ma’muriy-hududiy islohotning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sadir Japarov Qirg‘izistonda endilikda qishloq va ovul okruglariga shaxslar nomini bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing