Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi qachon bo‘lishi aytildi
Olam
−
17 aprel 6635 1 daqiqa
Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari mamlakatning amaldagi rahbari Sadir Japarov saylanganidan 6 yil o‘tib, 2027 yil 24 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 15 aprel kuni “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti va Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputatlari saylovi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish masalasi uch o‘qishda ma’qullangan.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, navbatdagi prezidentlik saylovlari u saylangan prezidentning vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyi to‘rtinchi yakshanbasida o‘tkaziladi va saylov kunidan kamida to‘rt oy oldin Jogorku Kenesh tomonidan tayinlanadi.
Shunday qilib, saylovlar 2027 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 28 yanvarda Sadir Japarov olti yil muddatga Qirg‘iziston Prezidenti etib saylangan edi.
2021 yilda Sooronbay Jeenbekov norozilik namoyishlari oqibatida o‘z ixtiyori bilan prezidentlik vakolatlarini topshirgan edi. O‘sha yili Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari va boshqaruv shakli bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tgan.
Live
Barchasi