Qirg‘izistonda 2026 yilgi Haj kvotasi bir soatda to‘ldi

Olam

image
14 yil Haj uchun pul yig‘gan odam barcha mablag‘ini bolalarga berdi north_east

14 yil Haj uchun pul yig‘gan odam barcha mablag‘ini bolalarga berdi

Qirg‘izistonda 2026 yilgi Haj kvotasi ro‘yxatga olish tizimi ochilganidan so‘ng bir soat ichida to‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Haj ziyoratiga borish istagida bo‘lganlardan hujjatlarni qabul qilish kecha, 23 sentyabr kuni boshlangan va kvota to‘ldirilgani sababli atigi bir soatdan keyin yopilgan.

“Ro‘yxatga olish varaqalari tez to‘ldirilgani uchun to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatildi. Bu kvotaning tugab bo‘lganini anglatadi”, dedi diniy tashkilot vakili Maqsad Otaboyev.

Uning aniqlik kiritishicha, joriy yilda 6000 ta o‘rin ajratilgan va 2600 kishi avvalgi kvota bo‘yicha navbatlar ro‘yxatida qolgani bois ular birinchi bo‘lib ruxsatnoma olgan. Qolgan 3400 ta o‘rin uchun ro‘yxatdan o‘tish e’lon qilingan edi va u bir soat ichida yopildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi 75 mingdan ortiq haj qoidalarini buzgan shaxslarni qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Haj kvotasi Maqsad Otaboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing