Qirg‘iziston qarshiliklarga qaramay Qozog‘istonga “burnini suqmoqchi”
Olam
−
07 yanvar 2022 23921 1 daqiqa
Qirg‘iziston KXSHT tinchlikparvar missiyasi doirasida Qozog‘istonga 150 nafar harbiy xizmatchi va bir necha harbiy texnika jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni Respublika Vazirlar Mahkamasi rahbari o‘rinbosari Qamchibek Toshiyev ma’lum qildi.
“Biz Qozog‘istonga 150 nafar harbiy xizmatchi va 19 ta harbiy va avtomobil texnikasini jo‘natamiz”, degan u.
Shuningdek, Bishkekdagi parlament yig‘ilishida mamlakat Mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov Qirg‘iziston harbiylari Qozog‘istonga uchishga tayyorligini ma’lum qilgan.
“Kantdagi (Chuy viloyati) harbiy aerodromida allaqachon ikkita samolyot bor, harbiylar tegishli qaror qabul qilinishini kutishmoqda”, degan vazir.
Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq, Respublika harbiy xizmatchilarini xorijga jo‘natish masalasi parlament tomonidan ko‘rib chiqiladi, shundan so‘ng deputatlar qarori davlat rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Qonun chiqaruvchi organ bu masalani kecha, 6 yanvar kuni ko‘rib chiqishni rejalashtirgan, biroq kvorum yo‘qligi sababli navbatdan tashqari yig‘ilish bugunga ko‘chirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, KXSHT tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi.
Eslatib o‘tamiz, qirg‘izistonlik bir guruh faollar kecha, 6 yanvar kuni Jogorku Kenesh (parlament) binosi oldida yig‘ilib, qonun chiqaruvchi organdan KXSHTning Qozog‘istonga qo‘shin kiritish qaroriga veto qo‘yishni talab qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr